Kalafori bugun tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga keladi

"Bolonya" himoyachisi Rikkardo Kalafori "Arsenal"ga o'tishni yakunlash uchun bugun kuni Londonga etib keladi, dedi insayder Fabritsio Romano.
Qayd etilishicha, futbolchi tibbiy ko'rikning birinchi qismidan o'tadi va shundan so'ng u AQShga gastrolda jamoaga qo'shiladi.
22 yoshli italiyalik futbolchining transfer narxi 40 million evro + bonuslar sifatida 5 million bo'lishi xabar qilingandi.
Futbolchi mavsumoldi tur doirasida "Arsenal" joylashgan AQShda tibbiy ko'rikdan o'tadi.