Jiru qishda «Inter»ga o'tishi mumkin

Calciomercato nashrining xabariga ko'ra, “Chelsi”ning frantsiyalik hujumchisi Olive Jiru qishki transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.
Futbolchi xizmatiga Milanning “Inter” klubi qiziqib qolgan. Jamoa evrokuboklarning pley-off bosqichidan avval jamoa tarkibini kuchaytirmoqchi.
Ayni damda “neradzurrilar”ning asosiy hujumchisi Romelu Lukaku va Aleksis Sanches hisoblanadi. Ammo jamoa murabbiyi Antonio Konte jamoaga yana yangi futbolchilarni olib kelmoqchi.