"Aston Villa" hujumchi xarid qilishni o'ylamoqda. Xabarlarga ko'ra, "Espanol" futbolchisi Raul de Tomas jamoadan ketadi. Unga ehtimoliy manzil sifatida Birmingem klubi keltirilgan.

27 yoshli ispaniyalik hujumchi o'tgan mavsumda La-ligada 17 ta gol hamda 3 ta assistga mualliflik qilgan. Tomas 30 million funtga baholanmoqda.

Manba: bbc.com