Ruslan Malinovskiy doimiy ravishda "Jenoa"da qoladi.

Genuyaliklar "Marsel"dan ijaraga olingan yarim himoyachini to'liq sotib olganini e'lon qilishdi.

Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, A Seriya klubi ukrainalik futbolchi uchun 7 million evro to'lagan. Avvaliga sotib olish varianti 10 million evro transferni o'z ichiga olgani xabar qilingandi.

Joriy mavsumda Malinovskiy Italiya chempionatida 19 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.