Dortmundning “Borussiya” klubi futbolchisi Mario Gyottse faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin. Bu haqida Bild nashri xabar tarqatdi.

Manbaning xabariga ko'ra, “kanonirlar” futbolchini jamoasi bilan yangi shartnoma imzolamaganidan foydalanib qolmoqchi.

Ma'lumot uchun, Gyottsening “arilar” bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, Gyottse o'tgan mavsum “Borussiya” safida  34ta o'yinda, 7ta gol urgan va 7ta golga assistentlik qilgan.