Italiya chempioni "PSJ" qiziqishlari doirasiga tushdi

"Milan" hujumchisi Rafael Leau Frantsiyaning "PSJ" klubi qiziqish doirasiga tushdi. Adrien Grenening so'zlariga ko'ra, parijliklar portugaliyalikni kelasi mavsum hujum chizig'ini kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko'rmoqda.
Leau ushbu mavsumda A Seriyada 11 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi va bu ko'plab top-klublarning e'tiborini tortdi. Portugaliyalikning "Milan" bilan shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 150 million evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, kecha Leau "Milan" bilan A Seriyada chempionligini qo'lga kiritdi.So'nggi turdagi "Sassuolo"ga qarshi o'yinda futbolchi sherigi Olive Jiruga ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.