Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi Grizmanning "Barselona"ga transferi bo'yicha tekshiruvni boshladi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" prezidenti Enrike Sereso ushbu transfer yuzasidan tashkilotga shikoyat kiritgandi. Uning iddao qilishicha, «Barselona» Grizmann bilan mart oyida — hali o'yinchining tovon puli 200 million evroga teng bo'lgan paytda shartnoma imzolagan. "Ko'k-anorranglilar" futbolchining tovon puli 120 million evroga aylanadigan sana — 1 iyulni kutib, so'ng transferni amalga oshirishdi.

"Atletiko", shuning vajidan, qo'shimcha yana 80 million evro talab qilmoqda.