“Inter” “Sautgempton” himoyachisi Sedrik Soareshning xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Klublar hozirgi vaqtda ushbu transfer borasida muzokara olib bormoqda. Bu transfer yaqin vaqtlar ichida ro'y berishi mumkin.

Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum portugaliyalik futbolchi premer-ligada 18 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol va yana shuncha golga pas berdi.