"Inter" Vidal bilan xayrlashmoqchi

Italiya matbuoti xabariga ko'ra, "Inter" futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.
"Boka Xuniors", "Flamengo" va "Amerika" futbolchi uchun raqobatlashishga tayyor edilar. Vidalning o'zi agentlariga bunday variantlar unga qiziq emasligi to'g'risida xabar bergan. Futbolchi baribir Evropada o'ynashni xohlamoqda.
O'tgan mavsumda Vidal "Inter" bilan Italiya chempioniga aylandi, ammo endi u jamoaning asosiy tarkibiga kira olmaydi.