"Inter" va "MYu" o'zaro futbolchi almashtirishi mumkin edi

"Inter" va "Manchester Yunayted" o'ng qanot himoyachisini almashish haqida muzokara olib borishni rejalashtirgandi. Denzel Dyumfris "Old Trafford"ga, Aaron Van-Bissaka esa "Juzeppe Meatsa"ga borishi kerak edi.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, "Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi bunday kelishuvdan bosh tortgan. "Manchester Yunayted" yakunda "Bavariya"dan Nusser Mazrauiga o'tdi, Van-Bissaka esa Londonning “Vest Xem” klubiga o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Dyumfrisning "Inter" bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali 28 yoshli niderlandiyalik futbolchining bozor narxini 24 million evroga baholamoqda.