"Inter" Skalvini uchun ikki nafar futbolchisini taklif qilmoqda

Milanning "Inter" klubi "Atalanta"ning yosh himoyachisi Jorjio Skalvinini sotib olishni jiddiy o'ylamoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "neradzurrilar" Skalvinini qo'lga kiritish uchun o'zining ikki futbolchisi - Martin Satriano va yarim himoyachi Jovanni Fabbianni taklif qilishga tayyor.
Satriano joriy mavsumda "Empoli"da ijarada o'ynadi, u A Seriyada ikkita gol va bitta golli uzatmaga ega. Fabbian B Seriyada "Rejina"ga ijaraga o'tdi, u erda sakkizta gol va bitta golli uzatma bor.
Eslatib o'tamiz, Turinning "Yuventus" klubi ham 19 yoshli Skalviniga da'vogarlik qilgandi. Jorjio joriy mavsum A Seriyada ikkita gol urdi.