Donettskning «Shaxtyor» klubi rasmiy saytida «Inter» «konchilar» himoyachisi Vitaoni sotib olgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli braziliyalik donettsiklar safiga 2019 yilda 4 million evro evaziga o'tgandi. Joriy mavsumda futbolchi to'qqizta uchrashuvda qatnashgan, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.

18-turdan so'ng «Shaxtyor» 47 ochkoga ega va jamoa «Dinamo»dan 2 ochkolik farq bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.