«Real» yarim himoyachisi Dani Sebalosga Milanning «Inter» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.

Sebalos kelasi yozda «Real»ni tark etishga tayyor. U «qaymoqranglilar» murabbiy Karlo Anchelottining rejalariga kiritilmagan.

Shuningdek, Sebalosda faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirish imkoniyati ham bor. Uning xizmatlariga «Betis» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 7 ta bahsda maydonga tushdi.