"Inter" hujumchisi jamoadan ketdi. Xabarlarga ko'ra, sobiq "MYu" hamda "Arsenal" futbolchisi Aleksis Sanches Milan shahri jamoasi bilan bitimini tugatib, erkin agentga aylangan. U uchun Fransiyaning "Marsel" klubi qiziqish bildirmoqda.

33 yoshli chililik 2020 yilda erkin agent sifatida "Inter"ga kelgan edi. Sanches bu jamoa bilan Italiya kubogi, superkubogini qo'lga kiritgan, mamlakat chempioniga aylangan.

Manba: bbc.com