"Inter" o'z futbolchisi 20 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor

Milanning "Inter" klubi o'z hujumchisi Xoakin Korreani munosib pul evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Fc Inter News nashri xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi "Juzeppe Meatsa"dagi o'rnidan xursand bo'lsa-da, "neradzurrilar" uni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmayapti.
Manbaga ko'ra, "Inter" futbolchini taxminan 20 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Argentinalik futbolchiga Angliya Premer-ligasi klublari tomonidan qiziqishlar bor.
Eslatib o'tamiz, Korrea 2021 yilning yozida "Inter"ga bosh murabbiy Simone Indzagi ortidan Rimning "Latsio" klubidan ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi A Seriyada 3 ta gol va bitta golli uzatmaga ega bo'ldi.