«Inter» klubi yozgi transfer paytida «Napoli» hujumchisi Dris Mertensni qo'lga kiritmoqchi.

Milanliklar 32 yoshli futbolchiga yillik maoshi 6 mln. evroga teng bo'lgan 2 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatdi.

«Napoli», o'z navbatida, Mertens bilan yangi 2 yillik shartnoma tuzmoqchi. "Neradzurri" belgiyalik futbolchiga 4 mln evro yillik maosh hamda imzo chekkani uchun 2 mln evro bonus taklif qilmoqda.