«Inter» Martinesga o'rinbosar topdi

“Inter” yozda jamoani tark etishi kutilayotgan hujumchi Lautaro Martinesga o'rinbosar topib qo'ydi.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, “Inter” argentinalik hujumchi o'rniga “Atalanta” etakchisi Duvan Sapatani olib kelmoqchi. Futbolchining transfer narxi taxminan 45 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Lautaro xizmatiga “Barselona” va Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda.