«Inter» ilk transferni amalga oshirishga yaqin

“Kalyari” yarim himoyachisi Nikolo Barella katta ehtimol bilan faoliyatini “Inter”da davom ettiradi.
Corriere dello Sport nashrining ta'kidlashicha, milanliklar Barella bilan og'zaki kelishuvga erishdi, biroq ikki klub transferning narxi borasida kelisholmayapti.
“Inter” Barella uchun 35 mln evro berishga tayyor, biroq “Kalyari” ushbu transferdan 45-50 mln evro ishlab olmoqchi.