"Inter" Hakimiga APLdan o'rinbosar topdi

"Inter" "Arsenal"ga himoyachi Ektor Bellerin bo'yicha taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi Kalsiomerkato. "Neradzurrilar" ispaniyalik futbolchini "PSJ"ga o'tgan Ashraf Hakimiga o'rinbosar deb biladi.
O'tgan mavsumda 26 yoshli himoyachi 1 ta gol va 4 ta golli pas bilan barcha turnirlarda 35 uchrashuv o'tkazdi.