"Inter" futbolchisi A Seriyaning boshqa klubiga o'tadi

Nikolo Skira braziliyalik futbolchi Dalbert Italiyada qolishini ma'lum qildi. U "Kalyari" bilan shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Dalbert yangi mavsumni ijarada o'tkazish ehtimoli yuqori. Futbolchining narxi etti million evroni tashkil qiladi
Avvalroq, TsSKA futbolchiga qiziqish bildirgan edi. Ammo, Dalbert RPLda o'ynashdan bosh tortdi.