"Inter" 17 yoshli hujumchiga qiziqish bildirmoqda

"Inter" va "Everton" bir futbolchi uchun kurashadi. Xabarlarga ko'ra, "Borussiya Myunxengladbax" hujumchisi Vinsli Boteli katta klublar radariga tushgan.
17 yoshli futbolchi yaqindagina asosiy jamoada porlay boshlagan edi. U uchun kamida 20 million evro so'ralishi aytilgan. Botelining amaldagi bitimi 2027 yilda yakun topadi.
Manba: bbc.com