Inesta Messi bilan yana birga o'ynashi mumkin

"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi, yaqinda Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida faoliyatini yakunlagan Andres Inesta "Inter Mayami"ga o'tishi mumkin.
RAC1 nashri xabariga ko'ra, ispaniyalik yarim himoyachi "Inter Mayami"dan qiziqarli taklif oldi, Andres u erda "Barselona"dagi sobiq jamoadoshlari - Lionel Messi va Serxio Buskets bilan yana birlashishi mumkin.
Manbaga ko'ra, Inesta Saudiya Arabistonidan ham taklif olgan. Hozirda u o'z imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Inesta "Vissel Kobe" tarkibida so'nggi 5 mavsumni o'tkazdi. U 134 ta o'yin o'tkazib, 26 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.