"Milan" bilan shartnoma imzolagan Zlatan Ibrohimovich o'ziga raqam tanladi. Shvetsiyalik futbolchi "rossoneri" safida 11-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi.

Zlatan 2010-2012 yillarda "Milan"dagi faoliyatida ham aynan ushbu raqam ostida o'ynagan.

Hozircha 11-raqam Fabio Boriniga tegishli, ammo ushbu futbolchi yanvar oyida jamoani tark etadi. Shu bois, futbolchilar orasida muammo yuzaga kelmaydi.