"Milan" xo'jayinlarining maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata bilan shartnoma imzolash ishlarida ishtirok etmoqda.

Insayder Janluka Di Martsioning yozishicha, Ibrahimovich 31 yoshli ispaniyalik hujumchini transferga ko'ndirish va u bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqda.

Moratadan hozircha yakuniy javob yo'q. Hujumchi bor e'tiborini jamoa yarim finalgacha etib borgan Evro-2024da Ispaniya terma jamoasida o'tkazishga qaratgan.

Morata "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi. Faoliyati davomida "Yuventus" va "Chelsi"da ham o'ynagan.