Harbiy xizmatni o'tab kelgan Chje Myunxenga etib keldi

Janubiy koreyalik himoyachi Kim Min Chje "Bavariya" mashg'ulot maydoniga etib keldi. Uni Myunxen klubiga yangi futbolchi sifatida tanishtiradi.
Avvalroq, "Bavariya" Kim Min Chjeni "Napoli"dan 50 million evro evaziga sotib olishi xabar qilingandi.
Futbolchi yaqinda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan barcha erkaklar o'tashi kerak bo'lgan majburiy harbiy xizmatni tugatdi. Kim Min Chje iyundan iyulgacha harbiy tayyorgarlikdan o'tgan.