«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchisi Serxio Aguero «Barselona»ga o'tishga yaqin turganini aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakuniga etadi va u klubni rasman tark etadi.

«Hozir sirni ochsam ham bo'ladi. Serxio qalbimga yaqin klub «Barselona»ga o'tishga yaqin turibdi. U jahonning eng yaxshi futbolchisi — Messi bilan birga o'ynaydi. Bu unga yoqishiga ishonchim komil. Aguero bilan «Barselona» yanada kuchliroq bo'ladi», — dedi Gvardiola.

Manba: sport24.ru