“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann yaqin vaqt ichida “Barselona” futbolchisiga aylanadi.

The Daily Star nashrining ma'lumotiga qaraganda, frantsiyalik futbolchi Messi bilan bir jamoada o'ynash maqsadida “Barselona”ga o'tishga qaror qildi.

“Barselona” rasman 1 iyul kuni Grizmann bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Uning transfer narxi esa 100 mln evroni tashkil qiladi.