"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann klubni tark etmoqchi emas, deya xabar bermoqda Cat Radio nashri.

Futbolchining jamoa bilan hali 3 yillik shartnomasi bor va u "ko'k-anorranglilar"ni tark etishni xohlamaydi.

Ammo "Barselona" uni sotib yuborilishi kerak bo'lgan futbolchilar qatorida ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, frantsuz bu mavsum La Ligada 25 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 6 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: Sat Radio