Grizmann «Barselona»dan ketishga tayyor

«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann kataloniyaliklar safini tark etishga tayyor. Bu haqida «La Vanguardia» nashri xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, hujumchi o'zining mavqeiga mos jamoa da'vogar bo'lsa, ushbu transferga rozi ekanligini bildirgan.
Ayni paytda frantsuzga APL va Liga 1 klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Yaqinda esa «Atletiko» o'zining sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma'lum bo'lishicha, «matraschilar» Grizmanni futbolchisi Saul Nigezga almashtirmoqchi.