Godin «Inter»ning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi

«Atletiko» sardori Diego Godin «Inter» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 33 yoshli urugvaylik futbolchi milanliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi 6,75 million evroni tashkil qiladi. Natijada u klubning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi. Hozirda "neradzurri" safida eng yuqori maosh Mauro Ikardiga tegishli (4,5 million evro).
Godin 2010 yildan beri «Atletiko» sharafini himoya qilmoqda. U yozda erkin agentga aylanadi. Shu bois, «Inter» uni bepul qo'lga kiritadi.