Garet Beyl MLS klubi bilan kelishuvga erishdi

"Real Madrid"ning sobiq yulduzi Garet Beyl AQShga yo'l oladi. Xabarlarga ko'ra, Uelslik futbol yulduzi MLSning "LA Gelaksi" jamoasi bilan kelishuvga erishgan.
Beylning tuzajak bitimi 1 yilga mo'ljallangan bo'lib, unda yana 18 oyga uzaytirish sharti mavjud bo'ladi. 32 yoshli futbolchiga o'yin amaliyoti kerak. Negaki, u Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etishni istaydi.
Manba: goal.com