Turkiyalik insayder Serhat Ulueren rossiyalik futbolchining "Galatasaroy"ga o'tishi haqida xabar berdi.

“Galatasaroy” bir nafar rossiyalik va bir nafar belgiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ularning ismlarini bilishim bilan yozaman”, - dedi Ulueren.

Turkiya chempioni Fedor Chalovni qo'lga kiritishga harakat qilayotgani xabar qilingandi.

TsSKA forvardi o'tgan mavsumda RPLda 30 o'yinda 19 ta gol urdi.

Chalovga "Galatasaroy"dan tashqari PAOK ham da'vogarlik qilayotgandi.