"Panatinaikos" klubi "Galatasaroy" vingeri Tetening transferini e'lon qildi.

24 yoshli braziliyalik futbolchi Gretsiya klubi safida 10-raqamda harakat qiladi.

SDNA nashri xabariga ko'ra, Tetening transferi 7 million evroni tashkil qilgan. U 4 yillik shartnoma imzoladi, maoshi - mavsumiga 2,7 million evro.

O'tgan yozda yarim himoyachi "Shaxtyor" bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qilgandi. Buning uchun u Donetsk klubiga taxminan 2,5 million evro to'lashi kerakligi xabar qilingandi.

Shundan so'ng Tete "Galatasaroy"ga erkin agent sifatida qo'shildi. O'tgan mavsumda u 43 o'yinda 3 gol va 3 golga assistentlik qilgan.