«Monako» hujumchisi Radamel Falkao «Galatasaroy»ga o'tdi. Istanbulliklar 33 yoshli futbolchini bepul qo'lga kiritishdi.

Kolumbiyalik futbolchi turk jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Uning yillik maoshi 5 million evroga teng bo'ladi.

Falkao o'tgan mavsumda Frantsiya chempionati doirasida 33ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi. Ushbu mavsumda u hali maydonga tushmagan edi.