Futbol tarixidagi eng janjalli transferlar o'ntaligi e'lon qilindi

ESPN nashri futbol tarixidagi eng janjalli transferlar o'ntaligi e'lon qildi.
Ushbu reytingning eng yuqori pog'onasini 1989 yilda «Nant»dan «Reynjers»ga o'tgan hujumchi Mo Jonston egalladi. Bungacha u «Seltik» safida o'ynagan bo'lib, Frantsiyadagi faoliyatidan so'ng aynan o'z klubiga qaytishi kerak edi. Ammo u o'z fikrinini o'zgartirgancha ashaddiy raqib safiga yo'l oldi.
Reytingning 2-o'rnini Luish Figu egalladi. Portugaliyalik futbolchi "Barselona" safidan to'ppa-to'g'ri "Real" tarkibiga yo'l oldi hamda kataloniyaliklar muxlislarning keskin nafratiga duchor bo'ldi.
Uchinchi o'rin esa Sol Kempbellga berildi. U 2001 yilda «Tottenxem»dan Lodonning boshqa jamoasi — «Arsenal»ga o'tib ketgan edi.
ESPN versiyasi bo'yicha eng janjalli transferlar (top-10):
1. Mo Jonston – «Nant»dan «Reynjers»ga
2. Luish Figu – «Barselona»dan «Real»ga
3. Sol Kempbell – «Tottenxem»dan «Arsenal»ga
4. Roberto Badjo – «Fiorentina»dan «Yuventus»ga
5. Yoxan Kroyff – «Ayaks»dan «Feyenoord»ga
6. Eshli Koul – «Arsenal»dan «Chelsi»ga
7. Robin van Persi – «Arsenal»dan «Manchester Yunayted»ga
8. Jon Robertson – «Nottingem Forest»dan «Derbi Kaunti»ga
9. Karlos Teves – «Manchester Yunayted»dan «Manchester Siti»ga
10. Jon Obi Mikel – «Manchester Yunayted»dan «Chelsi»ga