"Fulxem" futbolchisi jamoadan ketadi. Xabarlarga ko'ra, londonliklar himoyachisi Jo Brayan erkin agent sifatida ketmoqda.

29 yoshli qanot himoyachisining yangi klubi Chempionship vakili "Milluoll" bo'ladi. Brayan u erda ikki yillik shartnomaga imzo chekadi. Futbolchi "Fuxlem" uchun 117 ta o'yinda maydonga tushgan.

Manba: newsnow.co.uk