Frenki de Yongning «Barselona»dagi maoshining bir qismini Nike to'lab beradi

Sport liboslari ishlab chiqaradigan Nike kompaniyasi "Barselona"ning yangi futbolchisi Frenki de Yong maoshining katta qismini o'z zimmasiga oldi.
Hozirda "Ayaks"da o'ynayotgan yarim himoyachi yozda "ko'k-anorranglilar" safiga kelib qo'shiladi. 21 yoshli futbolchining "Barsa" safiga o'tishida Nike kompaniyasi muhim rol o'ynadi. Shuningdek, Nike va de Yong o'rtasidagi kelishuvga ko'ra gollandiyalik futbolchining futbolkasiga uning ismi yoziladigan bo'ldi — «Frenkie».
Frenki de Yong Niderlandiya chempionatining 23ta o'yinida maydonga tushib, o'z hisobiga 3ta gol yozdi va 4ta golga assistentlik qildi.