Frenki de Yong «Barselona»da qolish uchun maoshining kamaytirilishiga rozi bo'ldi

Yarim himoyachi Frenki de Yong «Barselona»ni tark etishni istamayapti. Buning uchun niderlandiyalik futbolchi maoshining kamaytirilishiga ham rozi bo'lmoqda.
Shartnoma bo'yicha futbolchining yillik maoshi 14 million evroga teng. U qancha maosh evaziga klubda qolishni rozi ekani haqida hozircha ma'lumot berilmadi.
Ammo 25 yoshli futbolchi jamoadan ketishga ham qarshi emas. U faqat «Chelsi»ga o'tishni istamoqda.
De Yong 2019 yildan buyon «Barsa» sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 46ta o'yinda ishtirok etib, 4 gol va 5 assist muallifiga aylandi.