"Chelsi" murabbiyi Frenk Lempard jamoa futbolchisi Entso Fernandes haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

"Klub rahbariyati transferlar oynasida jamoaga ko'plab talantlarni olib keldi. O'ylashimcha, ular ichida Entso ajralib turadi. U 22 yosh bo'lishiga qaramasdan Jahon chempioni bo'lishga erishdi. U uchun "Chelsi"da o'zini ko'rsatish imkoniyati bor. "Real" bilan o'yin uning faoliyatida asosiy o'rinni egallashi mumkin".

Manba: 90min.com