Niderlandiyaning «Ayaks» klubi darvozaboni Frantsiyaga yo'l olishi mumkin. «Lion» klubi darvozabon transferini amalga oshirishi kutilmoqda. Frantsuz klubi 25 yoshli darvozabon uchun 5 million taklif qilgan. Ammo «Ayaks» uni 10 milliondan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.

Ma'lumot uchun kamerunlik posbon doping bilan bog'liq mojarolar tufayli 9 oyga futboldan chetlatilgan edi.

Manba: futaa.com