Frantsiya klubi futbolchisi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Frantsiyaning "Renn" hujumchisi Mbaye Nyang jamoasini tark etishni o'ylamoqda.
Foot Mercato tarqatgan ma'lumotga qaraganda, futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi bo'lmoqda. Nyangga Saudiya Arabistonining "Al-Shabab" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Hujumchining "Renn" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan.