Football Italia: Artur «Yuventus»ga o'tishga tayyor

«Barselona» yarim himoyachisi Artur yozda jamoani tark etadigan ko'rinadi.
Avvalroq braziliyalik futbolchi har qanday holatda "Kamp Nou"da qolishini ma'lum qilgan edi. Ammo Football Italia tarqatgan xabarga ko'ra, endi u o'z fikrini o'zgartirdi va «Yuventus»dan tushadigan taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
«Barsa» Arturni "Yuve" yarim himoyachisi Miralem Pyanichga almashtirmoqchi.