Braziliyaning “Flamengo” “Fiorentina” hujumchisi Pedroni ijaraga oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Braziliyaliklar futbolchini 2020 yilning so'nggiga qadar ijaraga oldi. Klub futbolchining ijarasi uchun 1 million evro to'ladi va sotib olish huquqiga ega bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi mavsumni “Fiorentina”da boshladi,keyinchalik ijara asosida “Fluminense”ga yo'l olgan edi.