«Fiorentina» hujumchisi Dushan Vlaxovich klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan.

Florentsiya klubi rahbariyati forvardga 2026 yilgacha bo'lgan shartnoma taklif qilib, uning maoshini 3,5 million evro + 500 mingni tashkil etdi. Biroq, bu takliflarga Vlaxovich rozi bo'lmadi.

Eslatib o'tamiz, shu kunlarda Vlaxovichning "Atletiko"ga o'tishi borasida xabarlar tarqalayotgan edi.