FIFA Turkiyada klublar yangi o'yinchilarning transferini amalga oshirishi mumkin bo'lgan transfer oynasini 18 fevralga qadar uzaytirilganini e'lon qildi.

Turkiyada transfer oynasi 8 fevral kuni yopilishi kerak edi.

FIFAning bu qarori Turkiyada sodir bo'lgan halokatli zilzila bilan bog'liq. 9 fevral kuni ertalabki ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda qurbonlar soni 13 ming kishiga etgan, kamida 60 ming kishi jarohat olgan.