Feliks o'ziga yangi klub tanladi

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor qaror qildi.
AS nashrining yozishicha, portugaliyalik hujumchi Frantsiyaning "PSJ" klubiga o'tmoqchi.
Parij grandi Feliksning talablariga to'liq javob beradi – jamoa muntazam ravishda Chempionlar ligasida o'ynaydi va o'z vatanida sovrinlar uchun kurashadi.
"Atletiko" o'z navbatida portugaliyalik futbolchi uchun 100 million evro to'lashsa, u bilan xayrlashishga tayyor. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma i 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Joau o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Chelsi"da ijara asosida o'tkazdi. Londonliklar tarkibida u 16 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan.