Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Joau Feliks Evropani tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, 23 yoshli hujumchi xizmatlariga "Al-Hilol" qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, Lissabonning "Benfika" klubi Feliksni qo'lga kiritishga qiziqayotgani xabar qilingandi, biroq tomonlar haligacha kelishuv shartlari bo'yicha kelishmagan.

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Joau Londonning “Chelsi” jamoasida ijara asosida o'ynagandi. U Premer-liganing 16ta uchrashuvida qatnashib, 4ta gol urgan.