Falkao faoliyatini Malayziyada davom ettirishga yaqin turibdi

"Monako" va "Atletiko" klublarining sobiq hujumchisi, hozirda Ispaniyaning "Rayo Valekano" klubida o'ynayotgan Radamel Falkaoning shartnomasi shu yilning yozida yakuniiga etadi. Biroq 37 yoshli kolumbiyalik hujumchining shartnomasi katta ehtimol bilan u uzaytirilmaydi.
Marca nashri ma'lumotlariga ko'ra, joriy mavsum Falkaoning Evropadagi so'nggi faoliyati bo'lishi kerak, shundan so'ng u Malayziyaga yo'l oladi. Kolumbiyalik hujumchiga mamlakatning amaldagi chempioni "Johor Darul" taklif bilan chiqqan.