"MYu" yangi darvozabon olib kelishi haqida xabar qilgandik. "Nyukasl" posboni Martin Dubravka "qizil iblislar" safiga o'tmoqda. Bu haqida Fabritsio Romano shunday deydi:

"Har ikki tomon kelishuvga erishgan. Bu bir yillik ijara bo'ladi. 5 million funtlik sotib olish sharti ham bor. Dubravka bu tunda tibbiy ko'rik uchun Manchester shahriga etib keladi".

Manba: caughtoffside.com