Fabritsio Romano Bundesliga to'purarining narxini aytdi

"Shtutgart" hujumchisining narxi ma'lum bo'ldi. Fabritsio Romanoning fikriga ko'ra, qishda Seru Girassi uchun xaridorlar ko'p bo'ladi. Ayni damda hujumchining tovon puli 17.5 million evroga teng.
Yanvarda unga da'vogarlar 35-40 million evro to'lashi kerak bo'ladi. Girassi bu mavsumda jami 14 ta golga mualliflik qilgan. U uchun "Fulxem" qiziqish bilan qaramoqda.
Manba: caughtoffside.com